Kosmosga uchirilgan raketani yashin urdi

Olam

image

Bugun, 27 may kuni Moskva vaqti bilan 9:23 da Plesetsk kosmodromidan start olgan “Soyuz-2.1b” raketasini yashin urdi. “Roskosmos” Davlat korporatsiyasi bosh direktori  Dmitriy Rogozin raketani yashin urishi tasvirlangan videoni Twitter’dagi sahifasida joyladi.

Hodisa tashuvchi raketa start olganidan 10 soniya o‘tib sodir bo‘lgan. Ammo missiya bajarilishiga halal bermagan.

“Ishga tushirish odatiy tartibda o‘tdi. Ob-havo bizga bahona emas, biz har qanday sharoitga chidamli jangchilarmiz. Bu yashin bizning kosmik raketa qurolimizga zarar yetkazolmasligini isbotladi”, degan Plesetsk kosmodromi boshlig‘i general-mayor Nikolay Nestechuk.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya raketa

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing