Xitoy qachon koronavirusni butkul yengishini aytdi

Olam

image

Xitoy mamlakatda avj olgan yangi 2019-nCoV koronavirusini mart oyida to‘la yengishiga ishonyapti. Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey aytib o‘tdi, deb xabar berdi "Interfaks".

“Xubeydan boshqa mintaqalarda bir virusni shu oyda yenga olamiz, epidemiya markazida esa kelasi oy davomida”, degan elchi.

U Xubeydan boshqa mintaqalarda o‘n kundan beri koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmadi. Elchi koronavirusdan o‘lish Xubeyda 2 foizni, Xitoy bo‘yicha 0,55 foizga teng ekanini ma’lum qildi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi koronavirusga qarshi vaksinani jonivorlarda sinovdan o‘tkazish boshlanganini ma’lum qildi. Preparat kamida aprel oyidan odamlarda qo‘llab ko‘riladi.

Avvalroq, Xitoydagi qamoqxonada 200 nafar mahbusda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 30 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Misr, Eron va Isroilda aniqlandi.

Virusdan bugungacha 2247 kishi halok bo‘ldi, 76 738 kishi u bilan kasallandi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing