Tojikiston, Turkmaniston... Yana qaysi mamlakatlarda koronavirus aniqlanmadi?

Olam

image
Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq xushxabar bor north_east

Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq xushxabar bor

AQSHning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, tojdor dushman bo‘lgan yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi ayni vaqtda dunyoning 185 mamlakatiga kirib borib, 1 863 406 kishini zararlagan. Ayni vaqtda ushbu raqamlar daqiqa sayin o‘zgarib bormoqda. 

Hozirga kelib, COVID-19 virusi birorta holati qayd etilmagan davlatlar ro‘yxati tobora kamaymoqda. 

13 aprel holatiga ko‘ra, BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 17 ta davlatda koronavirus holatlari haqida rasmiy ravishda ma’lum qilinmagan. Bular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O‘zbekistonning ikki yaqin qo‘shnisi Tojikiston va Turkmaniston ham bor. 

Shuningdek, Vanuatu, Kiribati, KXDR, Komor orollari, Lesoto, Marshallov orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau, Samoa, San-Tome va Prinsipi, Sulaymon orollari, Tonga, Tuvalu va Janubiy Sudanda ushbu virus bilan bog‘liq holatlar aniqlanmagan. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda hali COVID-19 uchun test yo‘qligi sababli infeksiya holati qayd etilmagan. Boshqalar esa, uzoq geografik joylashuv tufayli virus ulargacha yetib kelmayapti – bu eng asosiy kichik orollardagi davlatlar.

Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlik holati bo‘yicha yuqori o‘rinlarni AQSH (557 590), Ispaniya (169 496), Italiya (156 363), Fransiya (133 672), Germaniya (127 854), Buyuk Britaniya (85 212), Xitoy (83 213), Eron (71 686), Turkiya (56 956), Belgiya (30 589) egallab kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

775

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing