Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq xushxabar bor

Olam

image
Gar niqobing bo‘lmasa... Boshqa mamlakatlarda niqobga oid talablar O‘zbekistondagidek jiddiymi? north_east

Gar niqobing bo‘lmasa... Boshqa mamlakatlarda niqobga oid talablar O‘zbekistondagidek jiddiymi?

Germaniya yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayish borasida Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda ancha oldinda bormoqda. Mamlakatda 127 854 kishi ushbu xastalikka chalingan bo‘lsa, 64 300 kishi yoki bemorlarning 50,2 foizi darddan forig‘ bo‘lgan. 

Ayni vaqtda mamlakatda karatin cheklovlarini uzaytirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq masala kun tartibida turibdi. Hukumat maslakdoshlarining fikricha, karantin 19 apreldan keyin kuchsizlanadi. Biroq, Germaniya kansleri Angela Merkel bu taklifni butkul rad etmoqda. 

Ijtimoiy so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, nemislarning 44 foizi karantin choralarini 19 apreldan keyin ham uzaytirish tarafdori. Yana 12 foiz respondent amaldagi taqiqlarni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Tadqiqotchilarning fikricha, Germaniya nafaqat Yevropa mamlakatlari orasida, balki jahonda koronavirusni yengish borasida ildam qadamlar tashlab bormoqda. Kecha, 12 aprel holatiga ko‘ra mamlakatda ilk bor koronavirusdan davolanganlar soni bemorlar sonidan oshib ketdi. Hozirga kelib 127 854 bemorning 3 022 nafari yoki 2,3 foizi vafot etgan. 64 300 kishi yoki bemorlarning 50,2 foizi davolangan. Mamlakatda mavjud bemorlar soni esa 60 532 nafarni yoki umumiy miqdorning 47,3 foizini tashkil etmoqda. Bu esa bemorlarga qaraganda sog‘aygan soni 3 768 nafarga yoki qariyb 3 foizga ko‘p degani

Bunday yuqori ko‘rsatkich hozirgacha faqat Xitoyda qayd etilgandi. Mamlakatda 83 135 kishi xastalangan, ulardan 3 343 kishi vafot etgan. Mamlakatda mavjud bemorlar soni 1 836 nafarni tashkil etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Germaniyada

Baholaganlar

1356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made