O‘zbekistonlik oshpaz “Halol yulduzi” standartini beruvchi Xalqaro qo‘mita raisligiga saylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov Musulmon davlatlarining WICS – Butunjahon Islom davlatlari pazandachilik xamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Hilal Star” –  Halol Yulduzi (mishlen yulduzining islomiy anologi)ni beruvchi Xalqaro Qo‘mita raisligiga saylandi. 

Joriy yilning 16-18 iyul kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida Islom davlatlarining xalqaro kongresi bo‘lib o‘tdi. 

Kongresda 25 dan ziyod davltlar oshpazlar uyushmalari – Malaziya, Kipr, Iordaniya, Livan, Suriya, Kabardino-Balkariya, Dog‘iston, Eron, Checheniston Respublikasi, Saudiya Arabiston,Tunis, Kozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Bangladesh, Rossiya, Rumыniya va boshqa davlatlar qatori O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov hamda O‘zbekistan xalqaro pazandachiligi markazi direktori N.R.Umarova ishtirok etdi. 

Kongres doirasida WICS – Butunjahon Islom davlatlari pazandachilik xamjamiyati tomonidan ikkinchi xalqaro ilmiy amaliy-anjuman tashkil etildi. Anjumanning asosiy mavzusi  restoranlar va oshpazlarga beriluvchi: “Hilal Star” – Halol Yulduzi (mishlen yulduzining islomiy anologi) muhokamasi bo‘ldi. Mazkur muhokamada har bir davlatdan tashrif buyurgan oshpazlar uyushmalari o‘zlari ishlab chiqqan halol restoran va halol restoran oshpazi uchun joriy etiladigan standartlar va o‘quv materiallaridan iborat loyihasini taqdim etdilar.  O‘zbekiston oshpazlar Uyushmasining mazkur standart loyihasi bo‘yicha tayyorlagan taqdimoti kongres ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 

Kongres vakillari bir ovozdan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi AkbarUmarov nomzodini Musulmon davlatlarining WICS – Butunjahon Islom davlatlari pazandachilik xamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Hilal Star” – Halol Yulduzi (mishlen yulduzining islomiy anologi)ni beruvchi Xalqaro Qo‘mita raisligiga saylashdi. Mazkur qo‘mita kontinental direktorlari etib  Kamal Raxal (Morokko), Rosham Bin Rusli (Malaziya), Aleksandr Tregubenko (Qozog‘iston), Muhammad Mustafo (Misr), Ba’ran Yusel (Qatar), Maryam Nourden (Maldiva), Xani Zayn (Saudiya Arabistoni) lar tayinlandilar.

“Hilal Star” Halol Yulduzi umumiy ovqatlanish korxonasiga 3 yulduz darajasida berilib:

1-“Hilal Star” yulduz – “Bu halol restoranda ovqatlanishni tavsiya qilamiz” degan ma’noni anglatadi;  
2-“Hilal Star” yulduz – “Bu halol restoran sharoiti xalqaro talabga javob beradi; 
3-“Hilal Star” yulduz – “Bu davlatga aynan shu halol restoranda ovqatlanish uchun tashrif buyurish kerak” degan ma’nolarni anglatadi. 

Shuningdek, “Hilal Star” – Halol Yulduzi oshpazga ham berilishi ma’lum qilindi. 

1-“Hilal Star” yulduz halol standarti bo‘yicha taom tayyorlash malakasiga ega oshpazga; 
2-“Hilal Star” yulduz halol standartida taom tayorlaydigan malakali shogirdlar yetishtirgan oshpazga; 
3-“Hilal Star” yulduz halol standarti bo‘yicha bir necha yil ishlagan va ilmiy maqolalar, kulinar kitoblar yozgan oshpazga berilishi qayd etildi.

Anjumanda mazkur qo‘mita tomonidan birinchi marotaba 1-“Hilal Star” yulduzi Bakudagi “Turan” restoraniga berildi.

Kongres doirasida, shuningdek, halol oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi va halol taom tayyorlash chempionati ham o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baku Akbar Umarov Halol Yulduzi

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing