Nazarboyevning tashvishli nabirasi vafot etdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev bugun,16 avgust kuni Londonda vafot etdi. Bu haqda “zakon.kz” xabar berdi.

O‘lim sababi hozircha noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, Oysulton yurak to‘xtatishdan vafot etgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari noma’lum. Oysulton Nazarboyev 30 yoshda bo‘lgan. U Elboshining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va Rohat Aliyevning o‘g‘li edi.

Oysulton Nazarboyev joriy yil boshidan beri ijtimoiy tarmoqlardagi kutilmagan postlari sabab jamoatchilik diqqat markazida paydo bo‘lgandi.

Shunday postlardan birida u oila sirini OAVga olib chiqqandi. Oysulton Nursulton Nazarboyev bobosi emas, otasi ekanini aytgan. Boshqasida esa hukumatdagilarni poraxo‘rlikda ayblagan.

Bundan tashqari, u yanvar oyida o‘z joniga qasd qilishga uringandi. Oysulton giyohvand moddalarga mukkasidan ketgani, shuning uchun shifoxonada davolangani haqida xabarlar tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oysulton Nazarboev

Baholaganlar

3030

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made