Prezident Sergeli va Zangiota tumanlariga boradi
Jamiyat
−
29 may 2020
6947O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 may kuni poytaxtning Sergeli tumani va Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga boradi.
Davlat rahbari ushbu tumanlarda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan tanishadi.
Safar chog‘ida ko‘p qavatli uylar, sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini ko‘zdan kechirish, faollar bilan muloqot qilish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi