O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 3200 nafardan oshib ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 26 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 25 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3215 (+26) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Karantin markazida aniqlangan. Ulardan 23 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) mamlakatga kirib kelgan va karantinga olingan. Yana 2 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingan.

Shuningdek, 1 nafari esa Toshkent viloyatida Qozog‘istondan mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, sog‘ayganlarning 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 17 nafari Samarqand viloyatidan hamda 21 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 595 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2607 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing