Bugun Toshkentda MDH davlatlari Politsiya ekspertlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Bugun, 25 aprel kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Samarkand” konferensiyalar zalida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik doirasida MDH ishtirokchi davlatlar IIV/Politsiya ekspertlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Mazkur tadbirda Ozarbayjon Respublikasi IIV, Armaniston Respublikasi Politsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari IIV, Rossiya Federatsiyasi IIV, Tojikiston Respublikasi IIV, Turkmaniston IIV, O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Byuro ekspertlari ishtirok etadilar.


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing