O‘zbekistonda Turkiya klinikalari tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021 yilning 1 yanvariga qadar Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorida keltirilgan.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvarga qadar Nikolay Ivanovich Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ham faoliyat yuritishni boshlaydi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi tibbiyot kollejlari negizida 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasi bo‘yicha navbatdagi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made