Dunyoning eng boy odami rafiqasi bilan ajrashdi

Olam

image

Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezos xotini Makkenzi bilan ajrashganini rasmiylashtirdi. Bu haqda “The Seattle Times” xabar berdi.

Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, nikohning bekor qilinishi haqidagi rasmiy hujjatga Vashington shtati King okrugi sudyasi imzolagan. Endilikda Amazon kompaniyasining 38,3 mlrd dollarga teng 19,7 mln aksiyasini Bezosning sobiq xotiniga o‘tkazish jarayonini boshlash mumkin. Bu Makkenzini dunyoning eng boy ayollaridan biriga aylantiradi. Makkenzi xonim boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflashini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Jeff Bezos va uning rafiqasi joriy yilning 9 yanvar kuni ajrashish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgandi. Ular 25 yillik turmushi davomida 4 nafar farzand ko‘rgan.

Amazon rahbari martida ikkinchi yil ketma-ket Forbes jurnaliga ko‘ra, dunyoning eng boy odami (131 mlrd dollar) deb topilgandi. O‘tgan yili jurnal Bezoslarning boyligini 112 mlrd dollarga baholagandi. Bundan tashqari, Amazon kapitaliatsiyasi o‘tgan yili 1 trln dollarga yetgandi.

Bezos Blue Origin aerokosmik kompaniyasining egasi hisoblanadi. Shuningdek, Bezoslar Kaliforniya shtatidagi Beverli Xillz shahrida ham 12,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka ham egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Amazon Jeff Bezos

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing