Toshkentda avtomobil chuqurga “kalla tashladi”

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 dekabr kuni taxminan soat 19:10 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, Nexia rusumli avtomobilning 39 yoshli haydovchisi Bobur E. Oltintepa ko‘chasida harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil ogohlantiruvchi belgilarni va to‘siqlarni chetlab, ta’mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketgan. 

Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi. Nexia haydovchisining gaplariga qaraganda, YTHga yo‘lda avariyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan boshqa avtomobil sabab bo‘lgan, ammo o‘sha transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qololmagan. Ushbu faktni tekshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. 

“Qiziqarlisi shundaki, chuqurlik qazilishiga sabab bo‘lgan gazo‘tkazgichning ta’mirlash ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Ilgariroq (22-noyabr kuni) ta’mirlash brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147-moddasi bo‘yicha, ya’ni ishlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan edi”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing