To‘yxonadagi portlashda 63 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 17 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining g‘arbiy qismidagi “Dubai wedding hall”da o‘tkazilayotgan nikoh to‘yida hudkush terrorchi tomonidan bomba portlatildi.

“Portlash natijasida 63 nafar odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq odam jarohat olgan” deb xabar beradi “Tolo News” nashri.

Terakt uchun javobgarlikni ISHID o‘z bo‘yniga olgan. Guvohlarning ta’kidlashicha hudkush o‘zini mehmonlar raqs tushayotganda ularning o‘rtasiga borib portlatgan. 

“Men baxtimni butunlay yo‘qotdim, mening oilam, yaqinlarim shokda, qallig‘im haligacha tez-tez hushini yo‘qotmoqda. Tushdan keyin jilmayib turgan mehmonlarni xursandchilikda kuzatardim, bir soatdan keyin esa ularning jasadlari va parchalari vayron bo‘lgan to‘yxonadan olib chiqib ketilayotganiga guvoh bo‘ldim”, deydi kuyov Mirvois Elmi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani to‘yxonadagi portlashdan keyin mamlakatda ISHIDni yo‘q qilishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston to'y

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing