Qibray tumaniga kirish-chiqish to‘xtatildi

Jamiyat

image
Bemalol va xotirjam bo‘lib, uylarda turli tadbirlar o‘tkazish holatlari ko‘paymoqda – Mirziyoyev north_east

Bemalol va xotirjam bo‘lib, uylarda turli tadbirlar o‘tkazish holatlari ko‘paymoqda – Mirziyoyev

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani karantinga yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB vakili Rustam Asqarov bilan bog‘landik.

Rustam Asqarovning ma’lum qilishicha, Qibrayda aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor aniqlangani uchun, tuman “qizil” toifali hududlar qatoriga kiritilgan.

“Shu munosabat bilan Qibray tumaniga kirish-chiqish nuqtalarida postlar tashkil qilindi. Toshkent shahridan Qibray tumaniga o‘tiluvchi ToshGRES, TTZ, “Navro‘z”, “Ulug‘bek” blok-postlarida nazorat kuchaytirilib, transport vositalarining oqimini kamaytirish va ortga qaytarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Qibray tumani qizil hududga kiritilgani uchun Respublika maxsus komissiyasining 23-sonli bayoniga ko‘ra, ushbu hududda transport vositalariga ma’lum vaqtlarda harakatlanishga ruxsat etiladi. Ya’ni, ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha, kechki payt soat 17:00 dan 20:00 gacha oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon olish uchun transport vositasidan foydalanish mumkin. Bemaqsad transport vositasida harakatlanish taqiqlanadi”, deydi Rustam Asqarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 8 mayidan O‘zbekistonda tuman va shaharlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratildi.

Ammo keyinroq “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda ham koronavirus yuqtirish holatlari aniqlana boshlagach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda maxsus komissiyaga hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qibray Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing