Mirziyoyev SHHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari bilan maxsus tadbirda ishtirok etdi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida, an’anaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.

Tadbirda SHHTga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Madaniyat va san’at xalqlarni yaqinlashtiradigan, o‘zaro anglashuv va do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vositadir. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlariga hamohang.

Mehmonlar e’tiboriga mintaqa xalqlari san’atining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, o‘zbekcha kuy-qo‘shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ShHT Bishkek

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing