Litsenziyasi bor taksilarga stikersiz yurishiga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning qo‘shma qarori bilan karantin davridagi qo‘shimcha choralar tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Qo‘shma qarorga ko‘ra, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar (shu jumladan, shaxsiy davlat raqamli avtotransport vositalari) yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati ko‘rsatish maqsadida (4-band) harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) talab qilinmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, qo‘shma qarorda Davlat soliq qo‘mitasiga oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, shuningdek, birinchi navbatdagi zarur mahsulotlar yetkazib berish xizmati ko‘rsatishda narxlarning asossiz ravishda ko‘tarilishining oldini olish choralarini ko‘rish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

765

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made