Quyichirchiqda advokatga pichoq bilan tan jarohati yetkazildi. Ishni prokuratura “bosdi-bosdi” qilishi mumkinmi?

Jamiyat

image

Quyichirchiq tumanidagi “Haqiqat izlab” advokatlik firmasi advokati Rustam Jumanovga o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytida pichoq bilan hamla qilinib, tan jarohat yetkazilgan. Bu haqda xabar bermoqda.

Ma’lumot haqida, 12 mart kuni jabrlanuvchining hamkasbi Muhsin Markamalov O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga telegramma orqali ma’lum qilib, aybdorlarga nisbatan chora ko‘rilishida va advokatning himoyasi ta’minlanishida yordam so‘ragan.

"Advokat" oynomasi muxbiri mazkur xabar egasi advokat Muhsin Markamalov hamda “Haqiqat izlab” advokatlik firmasi rahbari Furqat Saidxo‘jayevlar bilan telefon orqali bog‘lanib, voqea tafsilotlarini surishtirgan.

“M.Mirkamalovning aytishicha, hamkasbi Rustam Jumanovga hamla qilgan shaxs u muqaddam advokatlik qilgan fuqaroning nizolashgan tomoni ekan. Ma’lum bo‘lishicha, advokat avvalroq katta qiymatli mol-mulk talashish bilan bog‘liq fuqarolik ishida da’vogar tomonning manfaatini himoya qilgan bo‘lib, sudda yutib chiqqan.

“Rustam aka, yoshi anchagina katta bo‘lsa ham, o‘zini qattiq himoya qilib, hayotiy muhim a’zolariga tig‘ tegdirmagan. Hujumni qo‘llari bilan qaytargani uchun qo‘li va bilagida jarohat bor, shuningdek yuzi ham tilingan”, deydi Mirkamalov. Shuningdek, uning aytishicha, advokatning ahvoli hozir yaxshi, ertaga – 10 kunlik muolajadan so‘ng shifoxonadan javob berilishi kutilmoqda.

Jabrdiyda advokat Jumanov va uning himoyachisi Mirkamalovlar prokuratura tomonidan bu ish “bosdi-bosdi” qilinishi mumkinligidan xavotirda. Chunki, ularning aytishlaricha, shu paytga qadar zarur protsessual tadbirlar bajarilmagan, jumladan, voqea joyi ko‘zdan kechirilmagan, daliliy ashyo bo‘lgan pichoq olib qo‘yilmagan, undagi qon dog‘lari ekspertiza qilinmagan va hokazo...

Shu bois, 10 kun o‘tib ham tergov organlari harakatga tushmagach, advokatlar Palataga murojaat qilishga qaror qilganlar. Ayni paytda Advokatlar palatasi va Palataning Toshkent viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, advokatlar faoliyatiga qarshilik qilish kabi holatlar ilk marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Avvalroq, advokat faoliyatiga to‘sqinlik qilgan MIB xodimi ham javobgarlikka tortilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura advokat

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing