Mourino Jahon chempioni bo‘lishni orzu qila boshladi

Sport

image

"Manchester Yunayted" klubi sobiq murabbiyi Joze Mourino o‘z faoliyatini terma jamoada davom ettirishni xohlamoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning fikriga ko‘ra, u o‘zini klublardan ko‘ra terma jamoada kattaroq natijalarga erisha olishiga ishonmoqda. 

"Men yangi musobaqalarda o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman. Masalan, Jahon va Yevropa chempionatlarida. Men allaqachon bu haqda o‘ylashni boshlaganman. Ayni paytda biror terma jamoa boshqaruvida o‘zimni tasavvur qila olaman. Portugaliya terma jamoasimi? Buning farqi yo‘q", deb aytib o‘tdi Mourino.

Oldinroq, Mourinoning Londonning "Chelsi" klubiga uchinchi marta qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Jahon chempionati Mourin'o Portugaliya

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing