Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasiga kirish imtihonlari 2 smenada ertalab va kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00 da boshlanib, 10:00 da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00 da boshlanib, 19:00 da yakunlanadi. 

Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.

Abituriyentlar 2 ta fandan jami 60 ta test savoliga javob topadi.

Ma’lumot uchun, OTMga kirish imtihonlari 2 sentyabr kuni boshlanadi va 14 kun davom etadi. Koronavirusga chalingan abituriyentlar sog‘aygani haqida ma’lumotnoma ko‘rsatmasa imtihonga kiritilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

813

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing