Jalolovning zarbasidan shifoxonaga tushgan bokschining avholi qanday?

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov bilan ringga ko‘tarilgan AQSHlik Richard Torres Jalolovning zarbidan keyin, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda Torresning ahvoli yaxshi. 

Jalolov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali u mehmonxonaga qaytgani va Torresning xolidan xabar olganini ma’lum qildi. 

“Bizning raqibligimiz faqat ringda, hayotda biz aka-ukamiz, bir maqsad sari yo‘lda do‘stmiz. Allohga shukur sog‘lig‘i joyida!”, deb yozgan Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida eng og‘ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

87

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing