Hindistondan kelgan erkak Andijonda o‘zini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Hindistondan kelgan fuqaro Andijon viloyatida Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qiyotgan Hindistonda tug‘ilgan talaba qizning qo‘lini so‘rab, rad javobini olgach, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, shu yilning 9 may kuni Hindistondan O‘zbekistonga kelgan fuqaro 1986 yilda tug‘ilgan erkak Andijon davlat tibbiyot instituti yaqinidagi mehmonxonada yashayotgan bo‘lgan. 

U institutda tahsil olayotgan 2002 yilda Hindistonda tug‘ilgan talaba qizning oldiga kelib, unga turmush qurish istagida kelganini bildirgan. Qizdan rad javobini olganidan so‘ng, uning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lib, hindistonlik boshqa talabalarga endi hayotning qizig‘i yo‘qligi, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytgan. U “Zaxriddin Muhammad Bobur” nomidagi istirohat bog‘i hududiga kiruvchi adirlikda noma’lum suyuqliq yordamida o‘zini yoqib, voqea joyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning tanasi va ichki a’zolarida biror bir ko‘rinishdagi tan jarohatlari aniqlanmagan.   

Hozirda sud-tibbiy, sud-kimyoviy va sud-biologik ekspertizalari tayinlangan. 

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tibbiyot instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made