Hasanboy Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Bangkok shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun dasturini o‘zbekistonlik bokschilardan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov boshlab berdi.

-52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etyotgan Do‘smatov dastlabki jangini butanlik Tensin Drugyelga qarshi o‘tkazdi. Tajriba bobida Drugyeldan ancha ustun bo‘lgan Hasanboy raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining nomdor vakili Isroil Madrimov 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida dastlabki jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi. Bu bosqichda uning raqibi vetnamlik Trung Vu bo‘ldi. Raqibidan har jabhada ustunlik qilgan Isroil hech qanday qiyinchiliksiz keyingi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.

Kunduzgi dastur, 12:00 dan so‘ng:

-69 kg: Bobousmon Baturov - Sajjar Kazemzadaposhtiri (Eron) (A ringda)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov - Brijesh Yadav (Hindiston) (B ringda)
-51 kg: Farangiz Hoshimova - Nazim Kizibay (Qozog‘iston) (A ringda, ayollar)

Kechki dastur, 16:00 dan so‘ng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov - Ahmad Nasim Hussayn (Yaman) (B ringda)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Punam Raval (Nepal) (A ringda, ayollar)
 


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made