Eron koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishayotganini ma’lum qildi

Olam

image

AQSHning Eron Islom Respublikasiga qarshi sanksiyalariga qaramay, mamlakat koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma’lum qildi.

"AQSHning shafqatsiz sanksiyalariga qaramay, Eron insoniy va ilmiy manbalari hamda chet ellik do‘stlarining yordami bilan pandemiyaga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdi", deydi Zarif.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi AQSHga sanksiyalarni olib tashlash uchun imkoniyat edi. Ammo rasmiy Vashington bu imkoniyatni e’tiborsiz qoldirdi.

Ushbu bir tomonlama sanksiyalar pandemiyaga qarshi kurashayotgan davlatlarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham AQSH tomonidan qo‘llanilgan ushbu choralarni g‘ayriinsoniy deb atagan. Uning fikricha, insonparvarlik manfaatlariga ta’sir qiluvchi bir tomonlama sanksiyalarning qabul qilinishi mumkin emasligi xalqaro shartnoma shaklida bo‘lishi kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan bog‘liq 74 877 holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 48 129 nafari sog‘aygan, 4 683 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 22 065 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sanktsiya Koronavirus Eronda

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing