Sanksiyalarning 10-paketi qaysi sohalarga ta’sir qilmaydi?

Olam

011023f3097bb78bd64f33b0bcc597fff0d50b

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi yadro sektoriga yoki olmos importini taqiqlashga ta’sir qilmaydi. Bu haqda bugun, 23 fevral kuni Ispaniyaning “La Vanguardia” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning atom sanoati yoki olmos biznesiga qarshi chora ko‘rishga Vengriya, Fransiya, Bolgariya va Belgiya kabi davlatlar qarshi chiqqan. O‘z navbatida, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, xususan, Litva Yevropa Ittifoqida “Rosatom”ga qarshi sanksiyalar joriy etish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Manbaga ko‘ra, sanksiyalarni tasdiqlash uchun barcha Yevropa davlatlarining roziligi talab qilinadi. Bu yerda esa biroz muammo kelib chiqishi mumkin.

Masalan, Vengriya delegatsiyasi yangi sanksiyalar ro‘yxatidan ayrim nomlarni olib tashlashni so‘ragan hamda cheklovlarni olti oy o‘rniga yiliga bir marta uzaytirish taklifiga qarshi chiqqan. Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi bo‘yicha kelisha olmagani sabab muzokaralar bugun, 23 fevral kuni ham davom etadigan bo‘lgan. 

Bunga qaramasdan, Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari sanksiyalarning 10-paketi Rossiya-Ukraina urushiga bir yil to‘ladigan kun – 24 fevraldan kuchga kirishiga kelishib olgan. Ushbu cheklovlar YeI va Rossiya o‘rtasidagi raketalar, dronlar va vertolyotlarning 50 ga yaqin elektron komponentlari savdosiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatiga 1386 nafar jismoniy shaxs va 171 kompaniya kiritilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made