Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Bugun, 12 iyunda oxirgi kunlarda mamlakatga nisbatan salqin havo olib kirgan antitsiklon chegarasi O‘zbekiston hududidan chekinishni boshlaydi. Kunduzgi harorat asta-sekin ko‘tarilib, 33-35 darajaga, shimolda, janub va cho‘l zonasida 37 darajagacha yetadi.

Butun respublika bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘li tumanlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari respublika hududiga janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Tungi harorat 18-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi termometr ustunchasi 35-37 darajagacha, shimolda, janub va cho‘l zonasida 38-40 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori.

Barcha viloyatlarda asosan havo ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida shanba kuni ob-havo biroz beqaror bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing