Ertaga qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 28 aprel kuni kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi. 

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi. 

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7-12 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing