Ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, polkovnik Iskandar Mamatmusayevich Mallayev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunga qadar Iskandar Mallayev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.

Iskandar Mallayev Donetsk oliy harbiy-siyosiy muhandis va aloqa qo‘shinlari bilim yurti hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan. 2014 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshaqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi qator lavozimlardan o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

101

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing