Tadbirkorlikni qo‘llovchi jamg‘arma ko‘rsatadigan moliyaviy yordamlar belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini biznes bilan shug‘ullanishga jalb etish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor – iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari boshchilik qiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari belgilab berildi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik moliyaviy yordam

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing