Janubiy Koreya Ukrainaga 2,3 mlrd dollar moliyaviy yordam beradi

Olam

image

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Ukrainaga tinchlik o‘rnatish va Rossiya bilan urushdan qutulish uchun qo‘shimcha 2,3 milliard dollar yordam berishga va’da berdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya 2024 yilda dastlabki 300 million dollarni gumanitar yordam, qolgan 2 milliard dollarni esa iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida uzoq muddatli, past foizli kreditlar sifatida taqdim etadi.

"Bu bizning Ukrainada tinchlikni tiklashga yordam berishda global hal qiluvchi kuch sifatidagi mas’uliyatli rolimizni namoyish etadi va Ukrainani qayta tiklashda to‘liq ishtirok etishimiz uchun asos yaratadi", deydi Yun Sok Yol.

Prezident bu yordamni Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti chog‘ida e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 600 million dollarlik yangi yordam paketini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Ukraina moliyaviy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made