Mudofaa vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.  

Uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib Sharqiy harbiy okrugiga qarashli G‘urumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilshod Sa’dulloyevich Choriyev tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing