Maxsus komissiya 3 qoidaga rioya qilinmasa, karantin takroran kuchga kirishini eslatdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi mamlakat aholisiga 10 iyuldan 15 avgustgacha e’lon qilingan kuchaytirilgan karantin choralariga rioya qilganlari uchun minnatdorlik bildirib chiqdi. Maxsus komissiya asosiy talablar hamon o‘z kuchida qolayotganini eslatib, ularga rioya qilinmaslik, yana kuchaytirilgan karantinning qaytishiga sabab bo‘lishini ma’lum qildi. Murojaatda shunday deyiladi:

 
“Avvalo, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarga 2020 yil 10 iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qat’iy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. 
 
Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi.   
 
Ertadan, 15 avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda. 
 
Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni ko‘payishining oldini olish maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qat’iy rioya qilishni davom ettirishlarini so‘raydi. Shu jumladan: 

•    jamoat joylarida niqob taqib yurish; 
•    ijtimoiy masofani saqlash; 
•    qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish. 
 
Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin”. 

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15 avgustdan boshlab bir qator karantin choralari yumshatilmoqda va ayrimlari saqlab qolinmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Respublika maxsus komissiyasi

Baholaganlar

1408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing