Farhod Mannopov vafot etgan “Star med”ning litsenziyasi bekor qilindi

Jamiyat

Taniqli bloger Farhod Mannopov vafot etgan “Star med” klinikasi (“Omad plyus” MCHJ)ga berilgan litsenziya sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Gap shundaki, bugun, 2 iyun kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida Sog‘liqni saqlash vazirligining “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sudj majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda da’vogarning arizasi qanoatlantirilib, “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 2021 yil 16 fevraldagi 27390032-raqamli litsenziya bekor qilingan.

Mannopov ishi

Joriy yilning 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgan edi. U bir necha kun avval do‘stlari bilan basseynda suzayotgan vaqtida boshi va burnidan jarohat olgan. Shu sabab u burnini operatsiya qildirish maqsadida Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan "Star med center" xususiy klinikasiga murojaat qilgan. Bosh prokuratura holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Mannopovning operatsiyasida  ishtirok etgan anestiziolog va reanimatolog, plastik jarroh shifokori, laborant shifokorining malakaviy toifalari va sertifikatlari bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan edi.

Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida Farhod Mannopovning vafoti ortidan Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyani bekor qilishni so‘ragani yuzasidan iqtisodiy sud 15 may kuni boshlangan edi.

Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda klinikaning bir nechta san’atkorlar tomonidan reklama qilinish holatlari kuzatildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Omad plyus” MCHJga qarashli “Star med center” klinikasiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza kiritilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Mannopov Star med mittivine

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made