Blinken Isroilning HAMAS bilan mojaroni hal qilishga qaratilgan harakatlarini tanqid qildi

Olam

image

Isroil HAMAS bilan davom etayotgan mojarosini hal qilishga urinishda yaxshi ish tutmayapti, shuningdek, Rafah shahrida rejalashtirilgan operatsiya kontekstida tinch aholini himoya qilish rejasini hali taqdim etmadi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Tinch aholini himoya qilish bo‘yicha aniq va ishonchli rejasiz Rafahdagi yirik harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlamaymiz. Biz bunday rejani ko‘rmaganmiz. Bundan tashqari, HAMAS bilan davom etayotgan mojaroni hal qilish uchun Isroil nima qilishi kerak bo‘lsa, buning yaxshiroq yo‘llari bor. Biz bu haqda ular (Isroil rasmiylari) bilan gaplashdik va bu muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldik”, deydi u.

Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari Rafahdagi operatsiya Falastin anklavida sulh bitimini tuzish jarayoniga ta’siri haqida gapirishdan bosh tortdi.

"Odamlar har xil gaplar aytishadi. Ammo keling, ular nima qilayotganiga, biz nima qilayotganimizga e’tibor qarataylik. Hozir eng muhim va dolzarb masala – HAMASning juda yaxshi taklifga munosabatini bilish. Bu yaxshi kelishuv ekaniga hamma qo‘shiladi, chunki u zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarishga olib keladi”, deydi Blinken.

Uning ta’kidlashicha, “dastlabki o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarish”ga erishilgan taqdirda Vashington Isroil bilan sektorda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misr Isroil tomoni bilan kelishilgan tashabbusni HAMASga topshirgan edi, bu tashabbus G‘azo sektorida garovga olingan 20 dan 40 nafargacha kishini sulh evaziga ozod etilishini nazarda tutadi. HAMAS delegatsiyasi Misr tomoniga o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi so‘nggi taklifga o‘z munosabatini bildirish uchun Qohiraga kelishi kutilmoqda. “Al-Qahira Al-Ihbariya” telekanali manbasiga ko‘ra, HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuvga "yaqin bir necha kun ichida, hatto ayrim shartlarga qaramay" erishiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil HAMAS Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made