Bayden va Tramp o‘rtasidagi ilk teledebat noodatiy vaqtga belgilandi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlarda amaldagi Prezident Jo Bayden va uning respublikachi raqibi Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi saylovoldi teleduyeli kutilmaganda iyun oyining oxirida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Amerikaning CNN telekompaniyasi kecha, 15 may kuni teledebat 27 iyun oqshomida Jorjiya shtatining Atlanta shahrida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Avvalroq Bayden tashkiliy komissiya rejalaridan farqli ravishda teledebatlarni tezlashtirish va ularni kelasi oyga belgilashni taklif qilgan va Tramp bunga rozi bo‘lgan. 

“Men CNN’dan 27 iyun kuni debat o‘tkazish taklifini oldim va qabul qildim. Endi sening navbating, Donald. Axir, sen har qanday joyda, istalgan vaqtda, deb aytganding”, deb yozgan Bayden o‘zining X platformasidagi mikroblogida.

Tramp jamoasi bu sanaga rozi ekanini aytib, saylovchilarga ikkitadan ortiq teleduyelni tomosha qilish imkoniyatini berish kerakligini qo‘shimcha qildi. Shuning uchun ular Bayden va Tramp o‘rtasida to‘rtta teleduyelni taklif qildi – iyun, iyul, avgust va sentyabr oylarida.

DPA agentligining ta’kidlashicha, teledebatlarni iyun oyida o‘tkazish juda g‘ayrioddiy. Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining iyul va avgust oylarida bo‘lib o‘tadigan qurultoylariga qadar Bayden va Tramp AQSH prezidentligiga rasman nomzod sifatida ko‘rsatilishi kutilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jo Bayden prezident saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing