Rossiyada benzin eksportiga ruxsat berilishi kutilmoqda

Olam

image

Rossiya Energetika vazirligi hukumatga mart oyidan beri amalda bo‘lgan benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. TASSning Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Novakka tayanib xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi yaqin orada ushbu tashabbusni ko‘rib chiqadi.

“Hozirda biz bu masalani ko‘rib chiqmoqdamiz. Energetika vazirligi benzinni eksport qilishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda, ammo keyinchalik taqchillik yuzaga kelmasligi uchun ma’lum muddatga, xolos”, deydi Novak. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya benzin bozori takliflarga to‘lib ketgan. 

“Bugun, haqiqatan ham, 1 martdan boshlab eksportni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarimiz to‘liq samara berdi. Bozor to‘yingan va hatto ortig‘i bilan to‘yingan. Shu bois yaqin vaqt ichida Energetika vazirligining taklifini hukumatda ko‘rib chiqamiz”, deydi u.

Uning qayd etishicha, vazirlik bozorda taqchillikning yuzaga kelishi, shu bilan birga ko‘p miqdorda yoqilg‘i to‘planib qolishining oldini olish bo‘yicha ham choralar ko‘radi. 

Avvalroq, Energetika vazirligi Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarining rejadan tashqari ta’mirlash uchun to‘xtatilishi tufayli avval pasaygan yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmini to‘liq qoplagani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, eksport hajmining kamayishi hisobiga ichki bozor ta’minlandi, bu nafaqat ta’mirlash ishlarining o‘rnini qoplash, balki yoqilg‘i zaxirasini yuqori darajada ushlab turish imkonini bergan. 

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasida benzin ishlab chiqarish, shu jumladan, neft infratuzilmasiga Ukraina uchuvchisiz samolyotlarining bir qator hujumlaridan so‘ng, pasayishni boshladi. Biroq, Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 22 apreldan 28 aprelgacha bo‘lgan haftada Rossiya Federatsiyasida benzin ishlab chiqarish 4,5 foizga – 816,7 ming tonnagacha, dizel yoqilg‘isi – 3,7 foizga, 1,66 million tonnagacha o‘sdi. Bir yil avval benzin ishlab chiqarish hajmi hozirgiga nisbatan past edi – 24 apreldan 30 aprelgacha neftni qayta ishlash zavodlarida 811,7 ming tonna benzin va 1,62 million tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan. 

Eksportni taqiqlash haqida

2024 yil 1 martdan boshlab hukumat bahor va yoz oylarida talabning oshishini qoplash uchun benzin eksportini olti oyga vaqtinchalik taqiqlashni joriy qildi. 

Eksportni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror yozgi ta’til va dala ishlari, shuningdek, neftni qayta ishlash zavodini rejalashtirilgan ta’mirlash vaqtida talabning ortishi kompensatsiyasi uchun zarur ekani aytildi. Cheklov YeOII mamlakatlari, shuningdek, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga taalluqli emas. 

O‘tgan yili avtomobil yoqilg‘isi ichki bozoridagi narx konyunkturasini barqarorlashtirish maqsadida benzin eksportiga taqiq joriy yilning 21 sentyabridan 17 noyabriga qadar amal qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made