Putin NATOga qarshi operatsiyaga tayyor – Polsha generali

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATO davlatiga qarshi kichik harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda. Bu haqda Polsha harbiy kontrrazvedka xizmati boshlig‘i, general Yaroslav Strojik ma’lum qildi.  

Uning aytishicha, RFning NATOga hujum qilishi haqidagi prognozlar hali bu haqda yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lmagan tahlil markazlarining taxminlariga asoslangan. Biroq Kreml rahbari inauguratsiyadan keyin yana bir tavakkalga qo‘l urib, alyansga a’zo qo‘shni davlatga qarshi operatsiya tashkil etishi ham ajablanarli emas.

“Putin Boltiqbo‘yi davlatlaridan biriga qarshi qandaydir mini-operatsiyaga, masalan, mashhur Narvaga kirishga tayyor. Hech bo‘lmaganda ogohlantirish maqsadida Shvetsiya orollaridan birini nishonga olishi mumkin”, degan Strojik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning qo‘lini bog‘lab turgan narsa G‘arbning birgalikdagi qarshiligidir. 

"G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlayapti. Agar NATO a’zolaridan biriga hujum qilinsa, uning javobi yanada qattiqroq bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan general.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Putin Pol'sha generali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made