Yozda Barselonadan ketish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchi nomi oshkor bo‘ldi
Sport
−
26 aprel
1731Ispaniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida jamoada katta o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida qaror qabul qilgan. Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong hozirgi tarkibdagi eng qimmat va yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biri hisoblanadi. U yozda “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishi kutilayotgan asosiy nomzoddir.
Ma’lumot uchun, Frenki de Yongning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portali futbolchining bozor narxini 70 million yevro deb baholamoqda. Joriy mavsumda u 30 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.