Sherali Jo‘rayevning birinchi ayoli bor gapni aytdi

Intervyu

O‘zbekiston xalq artisti, marhum Sherali Jo‘rayevning birinchi qonuniy ayoli Xursan aya Toshpo‘latova bugun, 28 aprel kuni QALAMPIR.UZ’ga intervyu berib, Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning haqiqiy o‘g‘li ekanini aytdi.

“Sherali Jo‘rayev bilan 1973 yilda “ZAGS”dan o‘tib, turmush qurganmiz. 1988 yilgacha, 16 yil birga yashadik, ammo farzand ko‘rmadik. Farzandsizlik tufayli ajrashdik. Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanini bilardim. Mendan buni yashirishgan bo‘lsa-da, buni bilib, sezib yurardim. Botirjon ham kelib, o‘ynab yurardi”, deydi Xursan aya.

Botir Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, bolaligida otasi uni Xursan ayaning oldiga olib borgan va uning o‘g‘li ekanini aytib, tanishtirgan. Xursan aya ham bu gaplarni tasdiqladi.

“Men farzandi ekaniga 100 foiz ishonaman. O‘xshaydi ham. Shu paytgacha tan olib kelgan. Onasi, opalari – hammasi tan olardi. O‘sha paytda ishonganmiz, hozir ham ishonamiz. Kecha Shohjahon kelganda ham aytdim, aka-uka bo‘lib yashanglar, yaxshimas bunday qilib yurganingiz, o‘tganlarning ruhini ham tinch qo‘yinglar, deb nasihat qildim”, deydi Botir Qodirovning o‘gay onasi.

Sherali Jo‘rayevning birinchi ayolining savollarimizga bergan javobini batafsil QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Sherali Jo'raev Botir Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made