Zohid komada. Avariya qanday bo‘lgan edi?
Madaniyat-san’at
−
30 Sentabr 2022
36412Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq “Ummon” guruhi solisti, xonanda Zohid Rixsiyevning avtohalokatga uchragani katta shov-shuvga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar esa xonandaning mast bo‘lgani tufayli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, deya taxmin qilmoqda. Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov esa QALAMPIR.UZ bilan suhbatda YTHga avtomashinani katta tezlikda boshqarish va oqibatda boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lganini ta’kidladi.
“1990 yilda tug‘ilgan Zohid Rixsiyev o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib ketgan. Ag‘darilish oqibatida yo‘lovchi 1994 yilda tug‘ilgan X.S. og‘ir jarohat olib voqea joyida vafot etgan”, dedi Xudoyberganov.
Transport vositasi haydovchisi xonanda Zohid va yana ikki yo‘lovchi Javohir Yo‘ldoshev, Jasur Iskandarovlar Yunusobod tumani 7 shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan. Shifokorlar xonandaning ahvoli og‘ir ekanligini aytmoqda.
“Avtomashina boshqaruvchisi Zohid Rixsiyevga “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati, chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boshidagi jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgan. Og‘riqsizlantirilib, IVL appartiga ulangan. Bosh qismi MSKT, ichki a’zolari esa UTT kabi barza zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Ayni paytda Z.R. jonlantirish bo‘limida. Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar Javohir Yo‘ldoshev, Jasur Iskandarovlarning ahvoli esa barqaror bo‘lib, ular jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
“Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Ko‘krak qafasi lat yeyishi” diagnozi qo‘yilgan yo‘lovchi J.Y. ham jonlantirish bo‘limida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli o‘rta og‘ir. Xushida.
Bemor J.I da esa “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. Chap tomon yuqori qovoq, o‘ng tomon jag‘ osti va bo‘yin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari” aniqlangan. Unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilib, zarur muolajalar o‘tkazilgach, ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berildi”, dedi shifoxona reanimatologi Abduqodir Ashurov.
LiveBarchasi