O‘zbekiston aholisi uchun zamonaviy avtomobillar va qulay imkoniyatlar
Biznes
−
02 avgust 2023
17869Joriy yilning iyul oyida Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi “JETOUR AUTO INTERTIONAL COMPANY” kompaniyasi vitse-prezidenti Jak Chen O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Mamlakatimizda 2021 yildan boshlab “Jetour Uzbekistan” brendi ostida “AUTO MOTORS ASIA” MCHJ kompaniyasi bilan rasmiy hamkori hisoblangan korxona faoliyati bilan batafsil tanishib chiqdi.
Tashrif mobaynida Jetour avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori “AUTO MOTORS ASIA” MCHJ kompaniyasi rahbariyati bilan dilerlik tarmog‘ini kengaytirish haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, shuningdek, O‘zbekiston bozorida nechta dilerlik markazlari faol ishlayotgani, yaqin kelajakda qancha rasmiy dilerlik va servis markazlari paydo bo‘lishi muhokama qilindi.
Kompaniyaning vitse-prezidenti Jak Chen kompaniyaning bosh maqsadi – bu har bir xaridorga sifatli xizmat ko‘rsatish ekanligi, undan tashqari, O‘zbekistondagi yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, bilim va tajribasini oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga borib, amaliyot o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yish, bu bo‘yicha barcha xarajatlar “JETOUR AUTO INTERTIONAL COMPANY” kompaniyasi hisobidan qoplanishini aytib o‘tdi. Amaliy o‘qishni tugatib kelgan xodimlar esa zamonaviy kompyuter diagnostika qurilmalari bilan ta’minlanishga tayyor ekanliklari bildirildi. Yaqin kelajakda Respublikamizga yanada yangi modeldagi avtomobillarni kiritish bo‘ycha rejalar tuzildi. Suhbat yakunida bir nechta shartnomalar imzolandi.
Jak Chen “Jetour Uzbekistan” servis tizimiga alohida to‘xtalib, mamlakatimizga kirib kelayotgan Jetour brendi ostidagi barcha avtomobillarni faqat rasmiy dilerlik markazlaridan xarid qilishga chaqirdi. Chunki, avtomobillar eksporti ma’lum bir mintaqalar tabiiy muhitini hisobga olib yo‘naltiriladi. U shuningdek, kompaniya tomonidan berilayotgan rasmiy kafolatlar shundagina haqqoniy bo‘lishiga urg‘u berdi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, rasmiy servis markazida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, norasmiy servis markaziga qaraganda bir qator afzalliklarga ega.
Jumladan:
- Barcha servis markazlarining texnik xodimlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi hamda mavjud material va yangiliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ularga so‘nggi ishlanmalar va xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi.
- Rasmiy servis markazlarida Xitoydagi Jetour zavodi tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan va sinovdan o‘tkazilgan asl ehtiyot qismlardan foydalaniladi.
Bu, o‘z navbatida, mukammal muvofiqlikni hamda avtomobilning optimal ishlashini kafolatlaydi.
Norasmiy servis markazlarida ushbu ehtiyot qismlarining analoglari yoki soxtalaridan foydalanilishi mumkin.
- Rasmiy servis markazlarida xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
- Jetour rasmiy dilerlik markazlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy diagnostika uskunalari va texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa avtomobilning muammolarini tez va aniq topish hamda tuzatish imkonini beradi.
- Kompaniya har doim ishlab chiqaruvchining standartlariga amal qilgan holda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va ishonchlilikni ta’minlashga intiladi.
- Rasmiy servis markazlari bajarilgan ishlar uchun kafolat beradi, bu esa mijozlarga qo‘shimcha xotirjamlik bag‘ishlaydi. Jetour brendi mijoz uchun sifatli xizmat tamoyili asosida faoliyat yuritadi va barcha ishlarni o‘z vaqtida va hatto kelishilgan muddatdan ham tezroq bajarishga intiladi.
- Xulosa qilib aytganda, brend distribyutori sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish hamda mijozlar bilan ishlashga katta ahamiyat beradi.
- Jetour avtomobillariga ishlab chiqaruvchining 5 yillik yoki 150 000 km masofani bosib o‘tish kafolati amal qiladi. Shu bilan birga, avtomobil O‘zbekiston Respublikasidagi qaysi rasmiy dilerdan xarid qilinganidan qat’iy nazar, mijoz O‘zbekiston hududidagi istalgan rasmiy dilerlik servis markaziga murojaat qilishi hamda yuqori sifatdagi servis va kafolatli xizmat ko‘rsatilishiga erishishi mumkin.
Andijon viloyati: +998-97-581-65-00
Buxoro viloyati: +998-88-865-99-77
Farg‘ona viloyati: +998-77-254-03-33
Jizzax viloyati: +998-33-778-07-87
Namangan viloyati: +998-93-210-04-04
Qashqadaryo viloyati: +998-99-025-56-55
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: +998-99-734-03-33
Samarqand viloyati: +998-99-777-00-53
Toshkent shahri: +998-90-330-03-03
Xorazm viloyati: +998-99-958-03-33
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi