Toshkentda yo‘lovchi talashib janjallashgan avtobus haydovchilari qamaldi
3-sahifa
−
02 mart 2023
7139Avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtobus haydovchilari yo‘l va yo‘lovchi talashib janjallashgani haqida xabar bergan edik. Tartibsizlik sodir etganlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Bugun, 2 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida 28-sonli yo‘nalish avtobus haydovchisi N.B. va 155-sonli avtobus haydovchisi M.M.ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybli deb topilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qarori bilan N.B. va M.M.ning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
“Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi