Teleboshlovchi Nozima Mahmudova vafot etdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

“Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” dasturi teleboshlovchisi, jurnalist Nozima Mahmudova vafot etdi. Bu haqda uning hamkasblari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qildi.

Aytilishicha, kecha, 26 may kuni Nozima Mahmudova yurak operatsiyasi jarayonida hayotdan ko‘z yumgan.

“Tengdoshing o‘tib qolsa, boshqacha bo‘larkan odam. Hayot hech kimga qancha istashini so‘rab berilmaganini tushunarkan odam... Yoshgina, go‘zalgina, bir olam orzulari bilan...”, deb yozadi jurnalist Aziza Qurbonova hamkasbining o‘limi haqidagi xabar postida.

Ma’lumot uchun, Nozima Mahmudova O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim olgan. Hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Yoshlar” telekanalida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yoshlar Nozima Mahmudova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing