“Meni fohisha deyishdi, o‘lim tilashdi, tahdid qilishdi”. Karimovning nabirasi behayo surati qanday tarqalganini aytib berdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning oxirlarida ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayevaning sobiq eri Amiran Sardarov bilan nomaqbul surati tarqalgandi. Tillyayevaning na o‘zbek madaniyatiga va na bobosi sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan ushbu surati tarmoqda anchagacha muhokama qilindi. Maryam Tillyayeva surat qanday tarqalganiga izoh berdi. 

“Amerikada mening huquqlarimni himoya qiladigan qonun bor. Men bu kabi suratni hech qachon joylashtirmagan bo‘lardim. Bunga rozilik bermasdim. Ammo, doimiy siz bir-biriga bog‘liq munosabatlarda va har kunlik manipulitsiya ostida bo‘lsangiz, bir insonning "sevgisini" yo‘qotib qo‘ymaslik uchun har narsaga tayyor bo‘lasiz. U esa bu o‘yinni 35 yoshida ongli ravishda o‘ynadi.

Amiran menga ijtimoiy tarmoqlarda shunday ishlanadi deb aytdi. Men hech narsani tushunmasdim. Bu xayp edi. Biroq men uni qo‘llab-quvvatlashim kerak edi. U hammasini biz uchun qilayotganini aytdi. Men yig‘ladim. Hozir o‘sha ishni o‘ylasam, afsuslanaman.

Uning postidan keyin menga nisbatan nafrat kuchaydi, meni fohisha deb atashdi, o‘lim tilashdi, tahdid qilishdi. Bu rasmni O‘zbekistonda hamma ko‘rdi, uni mening qarindoshlarimga, buvimga ko‘rsatishdi.

Xayp men uchun emas.

Ushbu qilmishidan keyin uni tushunmay qoldim, ammo qattiq sevardim, uni qo‘llab-quvvatladim va bu orqali o‘zimga yomon qildim.

Oilam, onam, otam, ukam, singlim, bobom, buvim va xalqimiz oldida uyatda qoldim. Menga bolalikdan kamtar bo‘lishni o‘rgatishgan.

Men Amiranni tanlashda davom etdim. O‘shanda mening miyamga nima bo‘lgandi, tushunmayman.

O‘sha vaqtda u ota-onam bilan munosabatlarimizni butunlay buzdi. U o‘zining xohlagan narsasiga erishdi. Oilam va do‘stlarimdan uzoqlashtirdi. Men bo‘lsa qattiq depressiyaga tushgandim va nima bo‘layotganini tushunmasdim", deydi Tillyayeva.

Eslatib o‘tamiz, Lola Karimovaning qizi Maryam Tillyayeva o‘tgan yilning o‘rtalaridan boshlab jamoatchilik og‘ziga tushgan. O‘tgan yili u  rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi. Turmush qurganidan bir necha oy o‘tib, esa  ijtimoiy tarmoqlarda uning nomaqbul ko‘rinishdagi surati paydo bo‘ldi. Buni jamoatchilik faollari bobosining xotirasiga hurmatsizlik sifatida baholadi. Lola Karimova esa qizining xatti-harakatlarini Islom Karimovning prezidentlik faoliyati va g‘oyalari bilan bog‘lamaslikni so‘radi. Ushbu voqealardan ko‘p vaqt o‘tmay esa Amiran Maryam bilan ajrashganini ma’lum qildi. 

Aytish joizki, Maryamning ota-onasi uning kuyov borasidagi tanloviga bosh-boshidan qarshi chiqqan va qizi bilan aloqalarni uzgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing