Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining sammiti koronavirus sababli qoldirildi

Olam

image

Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezidentlarining joriy yil Bishkekda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan navbatdagi uchinchi Maslahat uchrashuvi koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga qoldirildi. Navbatdagi sammit katta ehtimol bilan Turkmanistonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda bugun, 23 oktyabr O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov aytib o‘tdi.

"Afsuski, koronavirus bilan bog‘liq holatlar va pandemiyani joriy yil oxirigacha bartaraf etish vaqtidagi noaniqliklar davom etayotganligi sababli, navbatdagi – uchinchi maslahat uchrashuvini o‘tkazish mumkin emas", dedi Komilov "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan intervyusida. Unga ko‘ra, Turkmaniston uchinchi uchrashuvni 2021 yilda o‘zida o‘tkazishni taklif qilgan.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning keyinga qoldirilishi mintaqa davlatlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishda “sustkashlik” qilganligini anglatmaydi. Komilovning fikriga ko‘ra, ko‘p tomonlama hamkorlik Markaziy Osiyoning beshta davlati uchun ustuvor ahamiyatga ega.

Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif 2017 yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi. Bunday birinchi yig‘ilish 2018 yil mart oyida Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchisi 2019 yil noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing