Diqqat! “Svet” o‘chishi ortidan boshqa kommunal xizmatlar ham o‘chadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqava hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Uy-joy va kommunal xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Mamlakatimizning ko‘plab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz", deyiladi xabarda.

Avvalroq, O‘zbekistonda metropoliten faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, bugun, 25 yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yelektr energiyasi ta’minoti uzildi. 

O‘zbekiston Energetika vazirligi bunga Qozog‘istondagi elektr siansiyasida yuz bergan nosozlikni sabab qilib ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

626

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing