Ukraina “Eurovision-2023” tanlovi mezbonligidan mosuvo qilindi

Madaniyat-san’at

image

Yevropa Radioeshittirishlar Ittifoqi (YeRI) “Yevronigoh-2023” (“Eurovision-2023”) qo‘shiqlar tanlovi 2022 yilda vakili g‘olib bo‘lgan Ukrainada o‘tkazilmasligini rasman ma’lum qildi.

Tanlov tamoyiliga ko‘ra finalda qaysi mamlakat g‘alaba qozonsa, kelgusi yil aynan shu davlat tanlovga mezbonlik qiladi. Joriy yilning may oyida Turin shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda Ukraina “Kalush Orchestra” guruhi tomonidan kuylangan “Stefaniya” qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi va finalda g‘alaba qozondi. Ammo YeRI Ukrainadagi notinch vaziyat tufayli “Yevronigoh-2023” tanlovi Ukrainada o‘tkazilmasligini e’lon qildi.

2022 yilda Britaniya vakili Sem Rayder 466 ochko bilan musobaqada ikkinchi o‘rinni egallagani sababli mezbonlikka aynan Buyuk Britaniya tanlab olindi. Endi tadbir o‘tkaziladigan shaharni aniqlash kerak. Ukraina amaldagi tanlov g‘olibi va tashkilotchi mamlakat sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Yevronigoh” tanlovi Ukraina uchun begona emas edi. Sababi 2005 va 2017 yillarda ushbu tanlov mamlakat poytaxti Kiyev shahrida o‘tkazilgan.

Yarim final va final 2023 yilning may oyida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerakki, Buyuk Britaniya “Yevronigoh” tanlovining oraliq bosqichlarni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga chiqadigan “Katta beshlik” (Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya bilan) tarkibiga kiradi.

Buyuk Britaniya tanlovda g‘alaba qozonganidan keyin to‘rt martta: 1968, 1977, 1982 va 1998 yillarda; boshqa mamlakatlar o‘rniga yana to‘rt martta: 1960, 1963, 1972 va 1974 yillarda tanlovga mezbonlik qilgan.

2022 yil qo‘shiqchi Sem Rayder ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu Buyuk Britaniyaning XXI asrdagi eng yaxshi natijasidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing