“Zita va Gita” filmi yulduzi vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
24 noyabr 2025 41754 2 daqiqa
Bugun, 24 noyabr kuni hindistonlik aktyor va siyosatchi Dharmendra (asl ismi – Dharam Singh Deol) 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda kinorejissyor Karan Johar o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, Dharmendra joriy yilning 7 noyabr kuni Mumbaydagi shifoxonaga yotqizilgan. U nafas olishda muammolar borligidan shikoyat qilgan. Keyinchalik aktyor shifoxonadan chiqarilgan. Biroq hozircha uning o‘limi sababi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Dharmendra 1935 yilning 8 dekabr kuni tug‘ilgan. 1960 yilda kino olamida debyut qilgan. Uning filmografiyasida qariyb 300 ta roli bor. U “Alibobo va 40 qaroqchi”, “Qasos va qonun”, “Sevishdan qo‘rqmang”, “Roki va Rani: Muhabbat hikoyasi”, “Zita va Gita”, “Sevimli Raja” kabi loyihalarda rol ijro etgan.
Uning birinchi turmush o‘rtog‘i Prakash Kaur, Hema Malini esa ikkinchi xotini bo‘lgan. Birinchi turmushidan uning ikkita o‘g‘li bor: Sunni va Bobbi, ikkalasi ham muvaffaqiyatli aktyorlar. Shuningdek, aktyorning ikkita qizi bor: Vijita va Ajita. Hema Malini bilan uning ikkita qizi bor: Esha va Ahana.
Dharmendra Hindistonning uchinchi eng yuksak fuqarolik mukofoti – Padma Bhushan ordeni sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u hind kinomatografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun bir nechta yirik mukofotlarni olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik taniqli aktrisa Dayan Kiton Kaliforniyada 79 yoshida vafot etgandi. Aktrisa “Cho‘qintirgan ota”, “Enni Xoll”, “Uylangan ayollar”, “Bir narsa berishi kerak” va boshqa filmlardagi rollari bilan shuhrat qozongan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025