Zilzila oqibatida qulab tushgan binolar uchun kim javobgar?

Jamiyat

image

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, zilzila oqibatida qulab tushgan binolar uchun kimlar javobgar ekani ma’lum qilindi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ob’ektlarni qurish chog‘ida qurilish ustidan davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati bo‘lishi talab etiladi. 

Belgilangan qonunchilikka ko‘ra, bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, fuqaro hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlari to‘xtatib qo‘yiladi hamda demontaj ishlarini amalga oshirilishi talab qilinadi. Agar sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalar hamda buyumlar qo‘llanilgan bo‘lsa, ularni ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qo‘llashni to‘xtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboriladi.

Shuningdek, shaharsozlik kodeksining 5 bob, 26 moddasida qurilishni nazorat qilishda funksional majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. Bunda shaharsozlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj, ishga tushirish, sozlash ishlarini bajarish qat’iy nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik norma va qoidalari talablariga rioya etilishi tekshiriladi. Bu jarayonlarda qurilishda nazorat inspeksiyasi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekspertlari ishtirokida davlat nazorati tartibida tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida qurilish ishlarida sifatga kafolat berish hamda ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda pudratchining javobgarligi ham belgilab qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, loyiha tashkilotlari tomonidan qurilishlar hududning belgilangan seysmik baliga ko‘ra (7, 8, 9) rejalashtirilgan holda loyihalashtiriladi. Ekspertiza organlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda ob’ektning loyiha smeta hujjatlari, yig‘ma ekspertiza xulosasi (bunda yong‘in xavfsizligi va seysmik bardoshliligi inobatga olinishi zarur) olinadi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing