Jizzaxda kelin 1 yashar bolasini pichoqlab, o‘zini osdi
3-sahifa
−
08 may 2023 18127 2 daqiqa
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yosh kelin 1 yashar farzandini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 6 may kuni soat 12:40 larda “Ravalliq” mahallasi Hasankal qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Mazkur qishloqda yashagan 1998 yilda tug‘ilgan kelin Sh.X. yashagan uyi hovlisida joylashgan hojatxona to‘siniga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Holat mas’ullar tomonidan o‘rganilganda kelin avval farzandi A.O.ni o‘ldirib, so‘ng o‘zini osgani aniqlangan. 2022 yilda tug‘ilgan go‘dak A.O.ning qorin sohasiga 2 marta oshxona pichog‘i bilan sanchilgan holatda jasadi topilgan.
O‘rganish davomida Sh.X. shu manzilda yashovchi turmush o‘rtog‘i Sh.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini osib o‘z joniga qasd qilayotganligini ma’lum qilgan. Sh.N. shu mahallada yashovchi amakisiga qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i Sh.X. yashash uyida o‘zini osayotganligini aytgan. Amakisi Sh.N.ning yashash uyiga borgan vaqtida Sh.X. hojatxonada o‘zini osib qo‘yganligini ko‘rib, keyin xabar qilgan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o‘rganish ishlarini davom ettirayotgani aytilgan.
Ayol nima sababdan bu jinoyatlarga qo‘l urgani oshkor qilinmagan.
Live
Barchasi