Japarov Rahmon bilan chegara masalasini muhokama qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Bishkekda tojikistonlik mavqedoshi Imomali Rahmon bilan ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Mamlakatlar rahbarlari qirg‘iz-tojik ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalarini, keng ko‘lamli mavzularni, jumladan, qirg‘iz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Japarov va Rahmon “mintaqaviy va xalqaro kun tartibi” hamda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi yuzasidan fikr almashgan.

“Davlat rahbarlari ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash maqsadida muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidlab, ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq va puxta suhbatga tayyor ekanini bildirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 km. 2002 yilning dekabr oyidan boshlab uni delimitatsiya qilish (davlat chegarasini uning o‘tish joyini tavsiflash va xaritada chizish) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda chegara chizig‘ining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i aniqlangan va davlatlar tomonidan o‘zaro tan olingan, qolgan uchastkalar bahsli hisoblanadi. Ushbu muammoni hal etmaslik ikki respublikaning mahalliy aholisi va harbiy xizmatchilari o‘rtasida, shu jumladan o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq nizolarga bir necha bor sabab bo‘lgan. Ikki davlat vakillari o‘rtasida chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha so‘nggi uchrashuv oktyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda hukumat delegatsiyalari chegaraning 43 km dan ortiq qismini kelishib, protokol imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston chegara Qirg'iziston Imomali Rahmon Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing